мени кечиринг севгилим шерлар
Мени кечиринг севгилим шерлар
Smokin Out The Window
All Too Well (10 Minute Version) (Taylor’s Version) (From The Vault)
Red (Taylor’s Version)
All Too Well (Taylor’s Version)
Knife Talk (feat. 21 Savage & Project Pat)
I Knew You Were Trouble (Taylor’s Version)
State Of Grace (Taylor’s Version)
22 (Taylor’s Version)
Way 2 Sexy (feat. Future & Young Thug)
Bitter (Narration By Cardi B)
Summer Walker & Cardi B
We Are Never Ever Getting Back Together (Taylor’s Version)
Treacherous (Taylor’s Version)
Better Man (Taylor’s Version) (From The Vault)
Leave The Door Open
Bad Man (Smooth Criminal)
I Almost Do (Taylor’s Version)
After Last Night (with Thundercat & Bootsy Collins)
I Bet You Think About Me (Taylor’s Version) (From The Vault) [feat. Chris Stapleton]
Who Want Smoke?? (feat. G Herbo, Lil Durk & 21 Savage)
Stay Stay Stay (Taylor’s Version)
Toxic (feat. Lil Durk)
Everything Has Changed (Taylor’s Version) [feat. Ed Sheeran]
The Last Time (Taylor’s Version) [feat. Gary Lightbody]
Nothing New (Taylor’s Version) (From The Vault) [feat. Phoebe Bridgers]
Summer Walker, JT & City Girls
Summer Walker & Ari Lennox
Girls Want Girls (feat. Lil Baby)
Begin Again (Taylor’s Version)
Holy Ground (Taylor’s Version)
Run (Taylor’s Version) (From The Vault) [feat. Ed Sheeran]
Babe (Taylor’s Version) (From The Vault)
Message In A Bottle (Taylor’s Version) (From The Vault)
The Lucky One (Taylor’s Version)
Sad Beautiful Tragic (Taylor’s Version)
The Moment I Knew (Taylor’s Version)
Lil Nas X & Jack Harlow
Слушают сейчас
Армянские Песни На Русском 2021
Песня Для Сына От Родителей На День Рождения
Армейские Песни Под Гитару
Ирина Борисова И Алексей Егоров
Tiktok Song No Cap Bugra Atmaca Oppa Oppa Op
Сорок Восемь Законов Власти
L Altra Dimensione Måneskin 8D Audio Italia
Sevgi muhabbat haqida sara sherlar to‘plami
Sevgi muhabbat haqida sherlar to’plami: Haqiqiy sevgi uzoq yillar ayriliqqa dosh berish emas, balki uzoq yillar yaqinlikda bardoshli bo‘lishdir.
Sevgi haqida sher: Baxtli bo‘lolmaysan
Men seni yo‘qotdim izlayman nogoh,
Yoki chin sevgimni sanayman gunoh.
Sen ushbu so‘zimdan bo‘lib qo‘y ogoh,
Baxtli bo‘lolmaysan mensiz sevgilim!
Men seni yo‘qotdim ayirdi firoq,
Yuragim yorishmas yoqsangda chiroq.
O‘zga baxt axtarib topsangda biroq,
Baxtli bo‘lolmaysan mensiz sevgilim!
Men seni yo‘qotdim pinhona so‘zim,
Yomg‘irli bulutday yosh to‘kar ko‘zim.
Dunyoda izlasang baxtingman o‘zim,
Baxtli bo‘lolmaysan mensiz sevgilim!
Men seni yo‘qotdim izlab kelsang ham,
Men qolib o‘zganing g‘amin yesang ham,
Ilohim baxtimni topdim desang ham,
Baxtli bo‘lolmaysan mensiz sevgilim!
Yolg’on sevgi haqida sher
Biz sevgini o‘yin aylabon.
Qalbimizni etdikda ado.
Boshimizga yog‘dirdik balo.
Bilmay qo‘ydik qadamni xato.
Garchi yurak ishqqa begona.
Edi lekin aldadik o‘zni.
Tanishishga sevgi baxona.
Yolg’on dedik, dildagi so‘zni.
Javobiga ishq bizni o‘yin.
Qildi hamon ko‘zimizda yosh.
Ko‘ngil bog‘lab tovladi bo‘yin.
Raxm bilmas, bo‘ldi bag‘ritosh.
Ko‘ngillarni yaqin etdi-yu.
Ayriliqni yiroq etmadi.
Birga bo‘lish endi imkonsiz.
Xazilini davom etadi.
Sababchi biz, gunoxkordur biz.
Qismatimiz shudir ming afsus.
Xazilimiz qilib ovora.
O‘zimizni aldadi yo rab.
Biz sevgini o‘yin aylabon.
Qalbimizni etdikda ado.
Maqsad ermak, qilgancha tomon.
Bilmay qo‘ydik qadamni xato.
Sevgimga shubha qilmang
Shubha qilmang meni sevgimga,
Gumonlardan ozor tuyaman.
Yuragimni ochmay hech kimga,
Men shunaqa, so‘zsiz suyaman.
Shubha qilmang, o‘ylamang bedil,
Bilmaysiz-da, ko‘nglim qatini.
Minglab inson mana shu zayil,
Bekitadi muhabbatini.
Shubha qilmang, sevgi soxta deb,
Ishqi mos deb faqat sheriga.
Ko‘mdim sevgim avaylab, asrab,
Yuragimning chuqur yeriga.
Shubha qilmang tuyg‘ularimga,
Hijronlarda to‘kilgan yoshim.
Toshlar otmang, ko‘ngli yarimga,
Malomatda qoldirmang boshim.
Shubha qilmang, qochmasin iymon,
Nigohlarim ichchikkani rost.
Yoningizda yo‘qman yorijon,
Yodingizda yashadim xolos.
Shubha qilmang, yillar va yo‘llar,
Demang, bizga vafo qilmaydi.
Yurakdagi orzumand gullar,
Ikkimizdan o‘zga bilmaydi.
Shubha qilmang, shubhalar bekor,
Biling, vafo guli bizgadir.
Aytayapman, pichirlab takror,
Mening ishqim faqat sizgadir.
Shubha qilmang meni sevgimga.
Sevib qolsangiz
Ko‘nglingizni so‘rab olardim,
Olib kelgan gulim olsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxtlilardan baxtli qilardim,
Hayotimga kirib kelsangiz.
Qo‘lingizdan mahkam tutardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt uzugin tanlab olardim,
Yuragimga umid bersangiz.
Dunyolarga sig‘may qolardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt qasriga olib borardim,
Bir jilmayib kulib qo‘ysangiz.
Dardingizni doyim olardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Men sevgida axtli bo‘lardim,
Sevgi cho‘g‘in qalbga solsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim
Agar meni sevib qolsangiz.
So‘zsiz sevgi
Muxabbating bo‘g‘zim ko‘ydirguvchi cho‘g‘,
Bir seni o‘ylasam olam bo‘lar yo‘q,
Ishqing yuragimga sanchib singan o‘q,
Men seni sevaman demay sevaman.
Suygan bandasiga ishq nasib etgan,
Sevgi dostonlari ko‘p dong‘i ketgan,
Netay peshonamga shundayi bitgan,
Men seni sevaman demay sevaman.
Vujudimni o‘rtar ishq olov yoqib,
Alam tish qayraydi, eshigim qoqib,
Azoblardan qutqar bir qiyo boqib,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sen tabassum qilsang kulganim o‘sha,
Chegarasiz baxtga to‘lganim o‘sha,
Agar ko‘ngling qolsa o‘lganim o‘sha,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sen bilan go‘zaldir daqiqa, onim,
Boqishi umrimga ko‘rk bergan jonim,
Sevaman demoqqa yo‘qdir zabonim,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sevib qoldim
Yurak urar juda tez
Ahvolimni do‘stim sez.
Hayollar osmonni kez
Sevib qoldim bilmasdan.
Havas qildimmi bilmam
Qalbim cheksada sitam.
Xatto og‘ir xotiram
Sevib qoldim bilmasdan.
Yoqadida yuz,ko‘zi
Yana samimiy so‘zi.
Qoshin qoqqanda o‘zi
Sevib qoldim bilmasdan.
Kulgulari zilolim
U mening beg‘uborim.
Eshitgin dilozorim
Sevib qoldim bilmasdan.
Qalbim tanlab berganim
Jonim,yorim deganim.
Bilarmisan sevganim
Sevib qoldim bilmasdan.
Tunlari uxlolmayman
Faqat seni o‘ylayman.
Sevib qolmay o‘lay man
Ko‘ngil qo‘ydim bilmasdan.
So‘zlar ketdi chalkashib
Hayol ketdi adashib.
Do‘stim bilan dardlashib
Sevib qoldim bilmasdan.
Tunlar ketdi halovat
Yeyolmay qoldim ovqat.
Tugab bormoqda toqat
Sevib qoldim bilmasdan.
Berkitaman onamdan
Yana amma, xolamdan.
Qo‘rqib ketmang nolamdan
Ko‘ngil berdim bilmasdan.
Boshqacha tuyg‘u ekan
Bilgani qayg‘u ekan.
Sanchsa ham qalbga tikan
Sevib qoldim bilmasdan.
Endi nima qilaman
Goh devona yuraman.
Boshga tushdi,ko‘raman
Sevib qoldim bilmasdan.
Sevaman deb aytayin
Bir qiz kelar ko‘chalarni to‘ldirib
Yonidagi dugonasin kuldirib
Yarashibdi unga milliy libosi
Bir nigohda ketdi mani yondirib
Lablarida bormi deyman asali
So‘zlari ham dilga yoqar mazali
Ko‘ngliga yo‘l topganimda bir kuni
Aytib beray Fuzuliyning g‘azalin
O‘ynayapti shamollarda sochlari
O‘n sakkizda bo‘lsa kerak yoshlari
Astagina uyalibon qaraydi
O‘zimga mos ekan uning bo‘ylari
Manzili ham emas ekan uzoqda
Yashar ekan shundoq qo‘shni qishloqda
Qoldirmasa bas jonimni qiynoqda
Shu go‘zalni o‘zim yori bo‘layin
Chiroyda u osmondagi oydayin
Soddagina oppoq nafis qordayin
Sevaman deb bugun unga aytayin
O‘zim uni baht qasriga eltayin
Mani aytgan shartlarimga ko‘nsa bas
Mani yaxshi ko‘rib mani sevsa bas
Undan boshqa narsa menga kerakmas
Vafoli yor bo‘libgina yursa bas
Sevgi nima!
Sevgi nima sevgi sir
Ochilmagan g‘unchadir.
Chiroyi qancha bo‘lsa
Tikoni ham shunchadir.
Sevgi nima sevgi gul
Gulki tengsiz iforda.
Bir bora ochilar ul
Topmaysan har bahorda.
Sevgi nima sevgi nay
Navo sexrin tuyasan.
Kuylashi uchun atay
Yurak bag‘rin o‘yasan.
Sevgi nima sevgi kuy
Uddalagan chaladi.
Zavq berar-u bilib qo‘y
Aqlu xushing oladi.
Sevgi nima sevgi qush
Tutsang birga uchasan.
Yashaysan go‘yo bir tush
Kunduz oyni quchasan.
Sevgi nima sevgi tush
Ishonsang o‘ngi kelar.
Erishasan etar xush
Chindan izlasang agar.
Sevgi nima sevgi o‘t
O‘ynashma, kuydiradi.
Yo yarming qiladi but
Yo jondan to‘ydiradi.
Sevgi nima sevgi suv
Chanqog‘ingga qonasan.
Qafasda xam turmas u
Kaftingda tutolasan.
Sevgi nima sevgi tosh
Kimga olmos kimga dur.
Bahosin bil, qil bardosh
Bahting kulgani shudir.
Sevgi nima sevgi gil
Kimdir toptab o‘tadi.
Kimning esa qo‘li gul
Bino barpo etadi.
Sevgi nima sevgi mil
Baxt tomon ko‘rsatar yo‘l.
Taqdiring qo‘lingda bil,
Faqat to‘g‘ri yo‘lda bo‘l.
Sevgi nima sevgi bol
Qilmagin uni uvol.
Me’yorini bilmasang
Seni etadi bexol.
Sevgi nima sevgi axd
U bilan qadaming shaxd.
Sevilish oliy ne’mat
Sevish o‘zi katta baxt.
Sevgi nima sevgi dard
Faqat yengoladi mard.
Asl sevgan yorining
Sha’niga yuqtirmas gard.
Sevgi nima sevgi sas
Xavo kabi ko‘rinmas.
Xayoting bo‘lar totli
U bilan olsang nafas.
Sevgi nima sevgi bor
Yo‘q degan o‘yga borma.
Agar uchratsang bir bor
Aslo qo‘yib yuborma.
Sevgi nima sevgi sen
Sevgi nima sevgi men.
Topmadim deb kuyunma
Sevgi asli o‘zingsan.
Sevgi xayot mazmuni
Gar uni taniyolsang.
Baxtga eltadi seni
Qadriga yeta olsang.
Sevib bo‘lmaydi
Go‘zallar bor sevaman degan,
Kami borday ko‘nglim to‘lmaydi.
Kimga yolg‘on kimga chin sevgi,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Ohu misol ko‘zlardan kechib,
Qalbga yaqin so‘zlardan kechib,
Armon bo‘lgan sevgidan qochib,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Boshing toshga urib ko‘r mayli,
Harakating foyda bermaydi.
Hayolingda o‘sha bir layli,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
O‘zing kulib yurganing bilan,
Qalbing aslo yayrab kulmaydi.
Yurak urib turgani bilan,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Garchi sevsang o‘yla o‘zingni,
Ilk sevgida vafo bo‘lmaydi.
Unutmagin Qodir so‘zini,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Sevgi qismati
Bolalik yillarim o‘tdi qanday sho‘x.
Begubor chexralar pokiza qalblar.
Eslasam qalbimni o‘rtaydi armon.
Qiynaydi yurakni otashin dardlar.
Malikayu shoxlar chiroylik ertak.
Bobomning so‘zlari ko‘chmagan tildan.
Jajji yurakka oyilgan bu isim.
Yillar o‘tsa hamki o‘chmagan dildan.
Sochlaring tortardim o‘ynab qo‘llarin.
Yoqardi u menga o‘yinchoqlardan.
Ko‘zlari tim qora kulib qo‘yardi.
Nigohi avzaldek ovunchoqlardan.
Bog‘chayu so‘ng maktab keldi kollej ham.
O‘rganib qolibmiz bir birimizga.
Do‘stlikdan boshlandi bizning sevgimiz.
Bor umidla boqardik baxtimizga.
Quvonchlar so‘ngi ham kelib qarshimga.
Ayirdi bizlarni solib kulfatga.
Go‘zalim yuragi hasta dedilar.
Bir onda mozorsiz ko‘mib g‘aflatga.
Qo‘limdan kelmaydi hech bir chora ham.
Ollohdan so‘rayman umirlar tilab.
Yolg‘ondan so‘zlayman bu menga og‘ir.
Qo‘yaman gohida gulimni siylab.
Gulimni yo‘qotdim dunyoda biroq.
Yashaydi qalbimda hamisha baxor.
Sevganim o‘zingsan shunday qolasan.
Birgamiz ayrildik dema aslo yor.
Armonli muhabbat
Qadri menga nondayin aziz
Suvday pokdir hayollari ham.
U siz o‘tgan har bir onimda
Qalbim uchun boshlanar motam.
Allohimdan bordir o‘tinchim
Olisda yor senga omonat.
Jonin asrab-avayla yo rab
Bir gap bo‘lsa bo‘lar qiyomat.
Birga bo‘lish etmadi nasib
Taqdir ekan o‘zga bilan u.
Shukur deyman mayli boriga
Ahir menga eng yaqin do‘stku.
Mendan yiroq ketgan bo‘lsada
Qalbin omonat deb qoldirgan.
O‘zga bilan taqdir bog‘lab u
Tiriklayin meni o‘ldirgan.
Lek sevaman jonimdan ortiq
Ona so‘zin inkor qilolmas.
Yaxshi farzand ota-onaga
«Yo‘q»so‘zini ishlata olmas.
1. One day the people that don’t even believe in you will tell everyone how they met you. Однажды люди, которые даже не верят в тебя, расскажут всем, как они тебя встретили. – Johnny Depp
2. If I’m gonna tell a real story, I’m gonna start with my name. Если я собираюсь рассказать правдивую историю, я начну с моего имени. – Kendrick Lamar
Sog‘inganda rasmini quchib
Hayollarda bog‘lar kezaman.
Bevafoku demang ularni
Chin dilimdan yaxshi ko‘raman.
Uyga borsam olib boraman
Der edilar ziyoratlarga.
Endi buning imkoni yo‘qdir
Ular juftku qoldim men yakka.
O‘zga bilan taqdir yo‘lida
Ketar yorim unutma har on.
Seni mendek hech kim sevolmas
Mendek mehr berolmas ishon.
Alloh qayta umr bersa ham
Yana seni tanlardim bilgin.
Baxtim uchun hech bo‘lmaganda
Kuyov bo‘lib salomat yurgin.
Onson emas seni o‘zgaga
Bermoqligim qalbim sultoni.
Netay taqdir shuni istadi
Kerak ekan sevgim armoni.
Sog‘indim deb kelolmasang ham
Sog‘inganing sezib turaman.
Qancha olis bo‘lsang ham mendan
Barbir seni yaxshi ko‘raman.
Sevgi nima?
Sevgi nima? degan savolga,
Har kim javob berar o‘zicha.
Bazilarga u o‘yinchoq tuyg‘u,
Ayrimlar der sevgi bu-og‘u.
Xayotida sevgila yashab,
Sevgi bilan o‘lganlar qancha.
Ana shular sevgi qadriga,
Yetgandirlar oxirigacha.
Menimcha sevgi juda,
Oliy, buyuk tuyg‘udir.
Sevib qolgan odamlar,
Juda baxtli insondir.
Sevib yashash xayotda,
Eng oliy baxt dunyoda.
Sizlar xam bu tuyg‘uni,
Xurmat qiling xayotda.
Sevaman desa
«Yorim sevaman desa»
Baxtni chindan sezardim
Bor mehrimni berardim.
Keng jahonni kezardim
Yorim sevaman desa.
O‘n sakkizga to‘lardim
Ich-ichimdan kulardim.
Hammadan ko‘p suyardim
Yorim sevaman desa.
Dasta gul olib kelib
Shamolday to‘zg‘ib yelib.
Kutardimda sevinib
Yorim sevaman desa.
Ko‘ngliga xo‘p qarardim
Axvoli ne so‘rardim.
Har ishga ulgurardim
Yorim sevaman desa.
Kechardim dunyolardan
Olisman samolardan.
O‘zardim hayollardan
Yorim sevaman desa.
Unutardim tashvishlar
Qalbimda zo‘r kechmishlar.
Ortda qolar mish-mishlar
Yorim sevaman desa.
Bo‘lardim vafoli yor
Ko‘rsatib go‘zal diydor.
Bermasdim zarra ozor
Yorim sevaman desa!
Sevib qolishdan qo‘rqaman
Kechalari yo‘qolgan orom,
So‘roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo‘rqar edim sevib qolishdan.
So‘zlashardim sen bilan to‘lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Bazan faqat xayolga tolib,
Qo‘rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo‘rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o‘ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo‘rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.
Sevishning yo‘li
Ko‘zimdagi kulgu, dildagi dardim
Yuzinga qarashga sig‘maydi haddim
Seni hayolimda erkalab qaytdim,
Sevishni boshqacha yo‘li yo‘q ekan.
Ko‘rinsang nigohim yerdan uzolmay,
Salomlashmoqqa ham jurat qilolmay.
Ketdim azoblanib, yo‘limdan qolmay,
Sevishni boshqacha yo‘li yo‘q ekan.
Sen kelib o‘tirding, men turib ketdim,
Ko‘ksim olov bo‘ldi, men kulib ketdim.
Ketdim-u bosh egib, oh urib ketdim,
Sevishni boshqacha yo‘li yo‘q ekan.
Tanxo kezgim kelar bazan bog‘larni,
Qo‘llaringni to‘yib sho‘x sabolardan.
Umr adog‘ida qolgan chog‘larda,
Sevishni boshqacha yo‘li yo‘q ekan.
Sevgini unutamiz
Ozor berib ko‘p og‘ritdik ko‘nglimizni,
Vafo nima bilmay jafolar yutamiz.
Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Ahir mensiz yashay olasan bu ayon,
Men ham sensiz yosholaman etmay bayon.
Bizlar birga bo‘la olmaymiz hech qachon,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Har kun janjal har kun achchiq so‘zlar bilan,
Ko‘nglimizni bir-biridan sovutamiz.
Bizga baxtli bo‘lmoq qismat emas ekan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Bir kun baribir sevgimiz topar barham,
Bir-birimiz tushunmasdan har kun janjal.
Bizga g‘ururimiz ustun sevgimizdan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
O‘rtamizga qo‘yib shartlar qo‘yib qoida,
Ayb topamiz doim arzimagan joydan.
Bir-birimiz aldashdan ayt nima foyda,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Bilmaysanda pinhon yig‘lab ko‘zyosh yutdim,
Bir kun bari yaxshi bo‘lar diya kutdim.
Sabrim sindi tushun meni charchab ketdim,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Nuqta qo‘yaylik bariga yaxshi bo‘lar,
Balki dillar bu qarorga qarshi bo‘lar.
Bugun bas qilaylik ertaga kech bo‘lar,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutaylik.
So‘nggi so‘zim shudir senga baxtli bo‘lgin,
Mendan ololmagan mehr baxtni ko‘rgin.
Faqat sendan bittagina o‘tinchim,
Komolani har zamonda eslab turgin.
Sevgilim baxtli qilmadim
Olddan oqqan suvni yo‘q ekan, qadri,
Bir yahshi go‘zalning qadrin bilmadim.
U go‘zal shunchalik meni sevardi,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.
Shunday sodda edi, shunchalar sodda,
Xali aldanmagan edi, xayotda,
Vijdonim qiynalar endi azobda,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.
Juda go‘zal edi, juda chiroyli,
Odobli qiz edi, ibo-xayoli,
Meni tutar bir kun uning uvoli,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.
Xar kuni to‘qidim, xar hil yolg‘onlar,
Qulog‘iga ilib yurdim, lag‘monlar,
Yuragimni qiynar, endi armonlar,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.
Meni deb aylandi, u yarim dilga,
Orzulari yonib aylandi, kulga,
Bahtli bo‘lmoqchiydi, men bilan birga,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.
Ko‘zlarim ko‘r ekan, quloqlarim kar,
Hushnud bu kuningdan bo‘l endi battar,
Qilganlaring bir kun o‘zinga qaytar,
Seni sevgan qizni baxtli qilmading.
Seni sog‘indim
Ko‘zlarim sog‘inib izlaganda,
Yuragim seni deb yig‘laganda,
Vujudim sog‘inchdan titraganda,
Seni sog‘indim deb aytolmadim.
Tunlar meni hijron qiynaganda,
Yurak seni isming takrorlaganda,
Tanam sog‘inchdan titraganda,
Seni sog‘idim deb aytolmadim.
Ko‘zlar sensiz zulmatda qolganda,
Qo‘llarim mehringsiz muzlaganda,
Lablarim sog‘inchdan titraganda,
Seni sog‘indim deb aytolmadim.
Sog‘insamda bir bora borolmadim,
Ko‘zlar izlganda topolmadim.
Qalb har zarbida seni deganda,
Seni sog‘indim deb aytolmadim.
Menga hiyonat qilsang
Seni bahtli qilaman,
Sen xam bir meni sevsang.
Bilib qo‘y, o‘ldiraman,
Menga hiyonat qilsang.
Meni yaxshi bilasan,
Sevsang bahtli bo‘lasan,
Qo‘llarimda o‘lasan,
Menga hiyonat qilsang.
Men boshqacha bo‘lmayman,
Nega shunday, bilmayman,
Raxm-shafqat qilmayman,
Menga hiyonat qilsang.
Aytdim, nima qilishni,
Qilmaysanmi bu ishni,
O‘ylayvergin o‘lishni,
Menga hiyonat qilsang.
Qizartirsang yuzimni,
Bosolmayman o‘zimni,
Aytdim so‘ngi so‘zimni,
Menga hiyonat qilsang.
Xazillashmaydi Hushnud,
Gapimni yodingda tut,
Yo‘qsa mendan o‘lim kut,
Menga hiyonat qilsang.
Iltimosim sodiq bo‘l,
Chin sevgimga loyiq bo‘l,
Yo‘q desang, qo‘limda o‘l,
Menga hiyonat qilsang.
Ayt sevgilim
Orzularim puchmi endi?
Baxor ko‘nglim qishmi endi?
Bahtli kunlar tushmi endi?
Ayt sevgilim, ayt sevgilim?
Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Ayriliqning tami tahir,
O‘tgan xar bir dami og‘ir,
Mening aybim nima axir?
Ayt sevgilim, ayt sevgilim?
Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Sevar edim, sevmasmiding?
Sevgim kuchin sezmasmiding?
Mening bahtim senmasmiding?
Ayt sevgilim, ayt sevgilim?
Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Hushnud yig‘lar, dardin aytib,
Ayriliqning jabrin tortib,
Kelmaysanmi endi qaytib,
Ayt sevgilim, ayt sevgilim?
Qayt yonimga, qayt sevgilim.
Sizni sevdim
Sen chiroyli izhor aytarding,
Men chiroyli uyalar edim.
Sen mardlikdan topganding kamol,
Men hayodan ulg‘ayar edim.
Termularding menga avaylab,
Nigohlaring suvday pok edi.
Odamlarning qalbi qip-qizil,
Bizning yurak ko‘kday ko‘k edi.
Hamma aytsa, sizni sevdim deb,
Sen aytarding: salomatmisiz?
Men ham suydim deyish o‘rniga,
Kashf etardim yangi-yangi so‘z.
Sog‘indim deb aytmasding sira,
Suydim desam bo‘lardi uyat.
Biz hech qachon sevdim demasdan,
Yaratgandik ulkan muhabbat.
Sevgi satri
Sog‘inch alanga oldi,
Yurakka o‘tlar soldi.
Tanamning o‘zi qoldi,
Bilmading!
Borim senga degandim,
Jonim senga degandim.
Bo‘lgin yorim degandim,
Bilmading!
Sendan umid qilgandim,
Ko‘p narsa so‘ramadim.
Faqat ko‘ngil izladim,
Bilmading!
Arzimaysan arzimga ham,
Kelmaysan-e yonimga ham.
Tegmaysan-ku jonimga ham,
Bilmading!
Shamshodning sevgi satri,
Sig‘di yozishga haddi.
Bukildi tik qomadi,
Bilmading!
Sevolmading
Yolg‘onlarda o‘tar umrim
Armonlarda qolar ko‘nglim
Aytchi menga ey sevgilim
Nega mendek sevolmading?!
Bergan mehrim oz dedingmi?
Qaytmas joylarga ketdingmi?
Shunchalar tez unutdingmi?
Nega mendek sevolmading?!
Toshyuraksan balki so‘zssiz
Yoki hassan yashar hissiz.
Bo‘lding yovuz bemehirsiz
Nega mendek sevolmading?!
Yolg‘onlarga ishontirib
Ertaklardek quvontirib
Ketdingku yolg‘iz qoldirib
Nega mendek sevolmading?!
Bedor o‘tdi qumsab yurak
Qalbimga bir qalbing kerak.
Senla orzular mushtarak
Nega mendek sevolmading?!
Qo‘l uzatsam qayrilmaysan
Endi o‘zgani o‘ylaysan
Shafqatsiz nega shundaysan?
Nega mendek sevolmading?!
O‘yinchoqmi senga hislar
Sof va pokiza tuyg‘ular
Armonmi shirin kulgular
Nega mendek sevolmading?!
Jonim qoldi qo‘llaringda
Ko‘zim yig‘lar yo‘llaringa
Endi yo‘qman o‘ylaringda
Nega mendek sevolmading?!
Jonim sevgilim
Eshitsam ovozing har dam nar nafas
Sehrli so‘zingdan olsaydim doim dars
Sendan o‘zga muhabbat kerakmas bas
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim
Yor deb atab vaslinga zor qoldim
Bu dunyo ishlaridan endi man toldim
Sensiz bu dunyoda yolg‘izlanib qolgum
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim
So‘zlamaysan so‘zlaringa zor man har dam
Seni kutib yo‘llaringda bo‘ldi ko‘zim nam
Qalbingda bo‘lmasin hech ham g‘am
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim
Har bir tongu tunimda bo‘ladi g‘ashlik
Sevgidan voz kechgan bo‘ladi pastlik
Men uchun azobdir oldinda bo‘la olmaslik
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim
Qanotlarim bo‘lsaydi uchardim qanot yozib
Oldingda bo‘lardim doim sherlar yozib
Shunda bo‘lmasding hayotdan bezib
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim
Bir kun keladi yoningda bo‘laman
Majnun misol bir oddiy bolaman
Sensiz bu dunyoda juda yonaman
Bahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim
Sevgi haqida hazil sher
Seni sevaman deb qarmoq tashlaydi,
Gohiga bir o‘pib jarga boshlaydi.
Sensiz yasholmayman desa ishonma!
Sensiz yashab kelgan yana yashaydi.
Muxabbat yondirdi
Muxabbat yondirdi shoir qildi ishq!
Ulgurdim to‘rt qator misra, yozishga.
Gumonlar salvollar, qo‘ymas meni tinch!
Ayting xaqqim yo‘qmi baxtli bo‘lishga?
Mayus nigoximda ajib tasavvur,
Sevgim aytolmasman yo‘l qo‘ymas g‘urur!
Yashaganim yolg‘iz sababi sendur,
O‘rgandim rost yig‘lab yolg‘on kulishga!
Aytgin xaqqim yo‘qmi baxtli bo‘lishga?
1. May your choices reflect your hopes, not your fears. Пусть ваш выбор отражает ваши надежды, а не ваши страхи. – Nelson Mandela
2. A happy soul is the best shield for a cruel world. Счастливая душа — лучший щит для жестокого мира. – Atticus
Kunlar o‘tib borar, oylar birma bir,
Angladim yaralganman, faqat kutishga!
Naxot seni ravo ko‘rmas menga bu taqdir?
Ko‘zlarim mushtoqdir seni ko‘rishga,
Aytgin xaqim yo‘qmi baxtli bo‘lishga?
Ertakga ishonib xayollar surdim,
Bir muddat qush bulib dunyoni kezdim,
musaffo osmonim shamolin kestim,
Men o‘zimdan qochdim o‘zimdan bezdim!
Xech narsa arzimas dilni ezishga,
Aytgin xaqqim yo‘qmi baxtli bo‘lishga?
Bu dunyo tuzillgan bo‘lib, biri kam!
Men ketsam yo‘qligim bilinmas xecham,
Senga baxt tilayman go‘zalim erkam,
Kelganlar majburdur yana ketishga!
Faqat sen xaqlisan baxtli bo‘lishga.
Izlamayman boshqadan, senda ul nigox!
Niyatim seni baxtli ko‘rish, guvoxim Olloh.
Mayli birga bo‘lmaylik topgansan xamrox.
Bu tilim ojizdir bir so‘z deyishga,
Faqat sen xaqlisan baxtli bo‘lishga.
Sevdim degan so‘zingni
Sevdim degan so‘zingni asra,
Meni kutgan ko‘zingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Asra, dilda muxabbatingni,
Asra menga ko‘ngil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Ko‘ksingdan otilsa ming faryod,
Seni ko‘p yig‘latsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Sinab bir bor va‘dalar kuchin,
Dildan olmay xatolar o‘chin,
O‘rtada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yig‘lab izlaring o‘pgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Yurakka in qurmayin qayg‘u,
Hayotingga solmagin og‘u,
Sendan bitta iltimosim shu,
Men uchun ham o‘zingni asra.
To‘ldir jonim, qalbingni nurdan,
Go‘zal bo‘lsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Ahadni chindan,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Sizni o‘ylab-o‘ylab
Tun cho‘kib borliqni domiga yutdi.
Kimdur meni eslab, kimdur unutdi.
Yuragim eridi shirin tush kabi,
Sizni o‘ylab-o‘ylab bugun ham o‘tdi.
Sizni sevgan yurak
Uyqusiz tunlarim qalbim sizniki,
Ko‘zimning yoshi ko‘nglim sizniki,
Shiring orzularim dardim sizniki,
Sizni qattiq sevgan yurak sizniki!
Sevaman hamon
Yo‘q seni unitmoq emasdur oson.
Qalbimni o‘rtaydi hali ham hijron.
Yurakda bir tuyg‘u uradi hamon,
Men seni sevardim, sevaman hamon.
Sensizlikka o‘rganib qoldim
Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim,
Ungacha ayriliq o‘tida yondim.
Hammadan, hattoki o‘zimdan toldim,
Endi sensizlikka o‘rganib qoldim.
Lek hamon yolg‘izman yo‘qsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo‘q qaytish yoninga,
Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim.
Endi faqat va‘dalaring qiynar meni,
Sog‘inaman har erta tong o‘ylab seni.
Tashlab ketding, o‘ylamading jonim meni,
Yolg‘izginam, sensizlikka o‘rganib qoldim.
Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go‘zallarni hech ko‘rmasdim.
O‘zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo‘q mana sensizlikka o‘rganib qoldim.
Jonim, seni baxtga to‘lib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka o‘rganib qoldim.
Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko‘rolmasdan sog‘inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim.
Yurak ham yolg‘izlikka ko‘na boshladi,
Menga aytgan so‘zlaring ko‘nglim g‘ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko‘ngling hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka o‘ganib qoldim.
Indamay sevdim
Tonda tongi yulduzga qarab,
Yulduzlardan yor vaslin so‘rab,
Aytar edim hikoya so‘zlab,
Indamasdan jimgina sevdim.
Yorim vaslin so‘ylasam sizga,
U bir zuxro yulduzi kabi,
Sochilardi yog‘du misoli,
Indamasdan jimgina sevdim.
O‘qir edik u bilan birga,
Bitta maktab bitta sinfda,
Xatto berdim ko‘nglimni unga,
Indamasdan jimgina sevdim.
Mening ko‘nglim undaligini,
Bilar edi balkim o‘zi ham,
Bizni endi kimlar ayirdi,
Indamasdan jimgina sevdim.
Xozir endi oramiz yiroq,
Boray deyman borolmam biroq,
Sevarmikan xanuz shu firoq,
Indamasdan jimgina sevdim.
Sevgim eslaysanmi hech
Tunlar uxlay olmay o‘ylayman seni,
Kunduz uchratolmay o‘ylayman seni.
Barcha she‘rlarimda so‘ylayman seni
Senchi, sevgim, eslaysanmi hech!
Hayol og‘ushi tinch qo‘ymaydi inim
Chaqirsa eshitmay qolaman singlim.
Seni unutolmay bezovta ko‘nglim
Senchi, sevgim, izlaysanmi hech!
Balki bu hayotning menga sinovi
Balki xatodir — bu qilgan tanlovim.
Kimlardir buning chun sochar olovin
Senchi, sevgim, yonganmisan hech!
Sevdimu sevilmay, bo‘ldim ovora
Masofamiz uzoqlashib borar tobora
Seni unutolmay yurak ming pora
Senchi, sevgim, suyganmisan hech!
Nega? Aytgin sen mendan yiroq
Nechun meni qiynaydi firoq.
Sevamanu, bilmayman biroq
Senchi, sevgim, sevganmisan hech!
Bo‘ldi! Bu mening qat‘iy qarorim
Jim chidab yurishdan bitdi madorim
Senikidir bilgin borlig‘im, borim
Senku, sevgim, bo‘lajak yorim.
SMS yozsangu, yozmasa yomon
Birovni sevsangu sevmasa yomon
Kimnidir kutsangu kelmasa yomon.
Hajrida yonsangu bilmasa yomon
SMS yozsangu, yozmasa yomon.
Nechun kelmading
Seni kutdim, kutdim ko‘p uzoq
Yo‘llaringga ko‘zlarim mushtoq
Kelishingdan aylabon ogoh
Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragimni qilding ming pora
Nechun ko‘ngling bo‘ldi qop-qora
Topildimi sevgiga chora
Bevafo yor nechun kelmading?
Va‘dangga sen vafo qilmading
Senga bo‘lgan sevgim bilmading
Yuragimni yondirib o‘tda
Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragingda bormi o‘zga yor
U bo‘larmi senga vafodor?
Qora tunlar o‘tdiku bedor
Bevafo yor nechun kelmading?
Kutib, kutib toldi ko‘zlarim
Armon bo‘lib qoldi so‘zlarim
Pinhon yotar dilda bo‘zlarim
Bevafo yor nechun kelmading?
Sevgidan qiynoq
Saodat so‘qmog‘in izlayin uzoq,
Sen baxting yo‘lidan toymasang bo‘ldi.
Menga ko‘p ko‘rindi sevgidan qiynoq,
Sen ishqning sururin qo‘ymasang bo‘ldi.
Ko‘zingga boqqanda ko‘zlarim kulsa,
Yurak diydoringdan sevinib ursa,
Sevinching chehramdan akslanib tursa,
Meni baxtli deya o‘ylasang bo‘ldi.
Sarhadlardan qo‘rqib yashasam nima?
Faqat g‘amdan luqma oshasam nima?
Dunyoga dardimni toshasam nima?
Sen faqat quvonchdan so‘ylasang bo‘ldi.
Bahorim ortidan ergashganda kuz,
Kuzning so‘zlariga berkinsa afsus,
Sevgim yuragimga qilsa tajovuz,
Sen meni do‘stlik deb siylasang bo‘ldi.
Bulutlar ortiga berkinsa oftob,
Bugun salqin deya o‘ylasang bo‘ldi.
Yuzimga do‘stlikdan ilingan niqob,
Ashaddiy yurakni ko‘rmasang bo‘ldi.
Kim uchun qayg‘u
Borliqni jumbushga keltirsang nima
Sengamas do‘stlikka ko‘nglim ochardim
Tutqunlik odati axir senga xos.
Erkinlik dardida sendan qochardim.
Muhabbat ayt kimni baxtiyor qilding.
Topolsam u haqda doston yozardim.
Kimnidir o‘ldirding, hokisor qilding.
Agar shunday bo‘lmasa darding olardim.
Yetar bas, seni hech to‘xtatmas kishi.
Manziling be makon, mehrsiz tuyg‘u.
Har fasl yashnaysan: bahor, yoz, qishi.
Kimgadir shodliksan, kim uchun qayg‘u…
Sevgim
Baxtimdan masrurman
Shodman begumon.
Sevganim yonimda
Yo‘q qalbda armon.
Farhod Shirinlardek
Yashaymiz yonib.
Layli Majnunlardek
Ishqdan quvonib.
Sevaman samodek
Cheksizdir mehrim.
Sevaman ummondek
Toshqindir ko‘nglim.
Sayr etib ishq bog‘in
Sog‘inib har kun.
Vasliga mushtoqdir
Tunlarim uzun.
Shodlik sohilidan
Topgan gavharim.
Umrim ham sen uchun
Sen uchun borim.
Sevaman samodek
Cheksizdir mehrim.
Sevaman ummondek
Toshqindir ko‘nglim.
Qo‘limdan tut mahkam
Qo‘yib yuborma.
Qalbingda asragin
Hech kimga berma.
Hayotdan topganim
Go‘zal ko‘zlaring.
Hech kimda uchramas
Sening so‘zlaring!
Armon bo‘laman
Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘ bugun.
Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun.
Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun.
Hozircha yodingda yomon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni.
Tosh diling sezmadi hasta dilimni.
Kulgu-la o‘ynading borim sevgimni.
Yuraging sezmagan tug‘yon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
G‘ururim bir chetga surib qo‘ygandim.
Sen uchun hokisor, g‘arib bo‘lgandim.
Qadrim yerga o‘zim ko‘mib qo‘ygandim.
Bilmading. Endi qadri osmon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Tuyg‘ular yuraging g‘ashlab ketganda.
Bevafo ko‘zlaring yoshlab ketganda.
Kimdir yurib-yurib tashlab ketganda.
Qalbingga qadalgan paykon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
«Chinor» romanidan parcha
Sizni birinchi bor ko‘rganimdayoq menga yoqib qolgansiz,
lekin bu tuyg‘u sevgiga aylanadi deb o‘ylamagandim…
Lekin yurakka buyruq berib bo‘lmas ekan.
Men sizni chin dildan sevaman. Bunga ishoning.
Baribir sevaman
Ko‘zlarim ko‘r bo‘lsa, ko‘rmasdim seni,
Yuragim tosh bo‘lsa, sevmasdim seni,
Mayli xijron azobi qiynasin meni,
O‘lsam ham baribir sevaman seni!
Mano yo‘q yashashdan
Kimgadur visolsan, kimgadur hijron.
Kimgadur orzusan, kimgadur armon.
Kimgadur bir umr, kimgadur bir on.
Kimgadur tomchisan, kimgadur ummon.
Kimgadur achchiqsan, kimgadur shirin.
Hullas «MUHABBATSAN» dunyoda tengsiz.
Hayotda mano yo‘q yashashdan sensiz.
Sizni uchratguncha
Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh
Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar.
Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh,
Munis tabassumu ma‘yus qarashlar.
Hech kimni hayratga solmas hech qachon
Mening yoningizda yo‘g‘im yo borim.
Yo falak, shuncha yil kezibman sarson
Sizni uchratguncha, erka dilbarim…
Sevsang shunday sevki
Sevsang shunday sevki, so‘ramay-«chinmi?»
Isbot talab kilmay, bermay savollar.
Xijronlarga chidash aytgin kiyinmi,
Yoki kuttirganim kelarmi malol?
Sevsang shunday sevki toki xar inson.
Ishonsin muxabbat bor ekaniga.
Oshiq sinovga duch kelsa-da, xar on.
Suyganin yo‘liga zor ekaniga.
Sevsang shunday sevki, tashvishli onda
G‘amlarimni arit, dardim tortib ol.
Qarshimda bedor tur, ming xayajonda.
Ket degan chog‘da xam yonginamda qol.
Sevsang shunday sevki, ishonmay nechun,
Pokiza tuyg‘ular bo‘lsin, jamul-jam.
Shu qadar yonib sev… men ishqing uchun
Kechib yuborayin dunyolardan xam.
Sevsang shunday sevki…
Sizni sevaman
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman
Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Muhabbatga yo‘ldosh
Ko‘zlar ko‘zga yana nigoron,
Boshga tushdi beshafqat hijron.
Muhabbatga yo‘ldosh imtihon,
Yuragingda meni olib ket.
Sensiz bedor tunlarim bilan,
She’rga sirdosh kunlarim bilan,
Ozurda jon unlarim bilan,
Yuragingda meni olib ket.
Ko‘zlarimda uchqunlar marjon
Quyoshdan-da balki nurafshon,
Adashtirmas yo‘lingdan mijgon,
Yuragingda meni olib ket.
Shabadalar men bo‘lib o‘psin,
Sochlaringni to‘zitib o‘tsin,
Har makonda mehrim gul tutsin,
Yuragingda meni olib ket.
Ayriliqning dardi ko‘p yomon,
Gul chehraning zardi xo‘p yomon,
Baxtimga sen oy bor, kel, omon,
Yuragingda meni olib ket.
Tushlarimga kirganda kulcha,
Darak bersa subhidam qushcha,
Jaranglatib gar pichoq tushsa,
Seni kutgum sabri betoqat,
Baxtimga sen kel tezroq faqat…
Sevmay qo‘ydim
Seni sevmay qo‘ydim, rosti gap,
Eslamay ham qo‘ydim, ko‘p bo‘ldi.
Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim,
Garchi hijron uni boshpana qildi.
Garchi eslamadim seni bir lahza,
Garchi jilovladim tuyg‘ularimni.
Faqat yuragimda mening ismimsiz,
Yashayverding boqib qayg‘ularimni.
1. We hate the ones we love because they can cause the deepest suffering. — Мы ненавидим своих любимых за то, что в их силах ранить нас глубже других.
2. People are lonely because they build walls instead of bridges. — Люди одиноки из-за того, что вместо мостов они возводят стены.
Garchi men hammadan seni yashirdim,
Yengib yashayoldim o‘zimni-o‘zim.
Faqat… Men barini inkor etaman.
Faqat… Fosh etadi sevgimni ko‘zim.
Garchi takrorlayman, «Sevmayman seni,
Yodlamay ham qo‘ydim, gapning rosti shu.»
Faqat… Kulgularim sen bilan ketdi.
Faqat… Qoldi menda muzlagan tuyg‘u.
Sizni sevaveraman
Bugun yana oldim qo‘limga qalam,
Siz uchun sherlarim yozaveraman.
Sevmasligingiz menga qilsada alam,
Shunda ham men sizni sevaveraman.
Ko‘rib qolsam sizni uzoqdan nogox,
Telbadek tikilib turaveraman.
Gar sizni sevishim bo‘lsada gunox,
Shunda ham men sizni sevaveraman.
Mayli meni do‘st deb, o‘zgani suying,
Netay dilim kuyib yuraveraman.
O‘zgani ishqida bir umr kuying,
Shunda ham men sizni sevaveraman.
Sevganim bor deb aldamang zinxor,
Rashk o‘tida doim yonaverman.
Bilaman ko‘nglizda o‘zga yor bor,
Shunda ham men sizni sevaveraman.
Bugun tan beraman o‘zim sabrimga,
Sizni kutib, sabrla yashayveraman.
Mayli xecham yetmang mening qadrimga,
Shunda ham men sizni sevaveraman…!
Yurakdan sevgandim
Yana o‘sha alam, o‘sha iztirob,
Hijron qo‘llarida bo‘ldim-ku xorob,
Dardga shifo bermas hattoki sharob,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.
Siz uchun egildi tik turgan boshim,
Endi qaro tunlar mening sirdoshim,
Daryodek oqadi ko‘zdagi yoshim,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.
Orzular, adalar uchdi havoga,
Nahot mendek oshiq sig‘mas dunyoga,
Nolalar yetmas-mu qodir xudoga,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.
Taqdir sinolari ayirdi bizni,
O‘zga yor qo‘liga tutqazdi sizni,
Yurakdan sevgandim bir o‘zingizni,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.
Besh kunlik dunyodir hammasi yolg‘on,
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan,
Siz urur yurakka azoblar solgan,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.
Baxtingiz tilashdan yo‘q o‘zga choram,
Barcha qizlar ichra tanho, yagonom,
Alvido, alvido mangu durdonam,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.
Seni yana ko‘rarmikanman
Mana, kunlar o‘tar kunlarni quvib,
Yuragim soviydi javobsiz kuyib,
Umr toymoqdadur adoqqa ovib,
Seni yana ko‘rarmikanman.
Quyosh ham aldaydi botib ketguncha,
Do‘stga do‘stman doim sotib ketguncha,
Xayollar to‘zg‘iydi toki o‘tguncha
Seni yana ko‘rarmikanman.
Tuyg‘ularim yig‘lar, qoladi g‘ijim,
Dardu balolarga g‘amhona ichim,
Xayotimda kutgan so‘ngi ilinjim-
Seni yana ko‘rarmikanman.
Qo‘ng‘iroq chaladi umr karvoni,
Boshlaydi hayollar ajib g‘avg‘oni,
Tinglayman ko‘nglimda yashar navoni-
Seni yana ko‘rarmikanman.
Qadring bilinar
Sen yo‘q, bir kun qadring bilinar,
Sen yo‘q, yurak bag‘rim tilinar.
Mendan yiroq ketmagin gulim,
Vaslingga zor etmagin gulim.
Sirli nigoh bo‘lmas sen kabi,
Nurli nigoh bo‘lmas sen kabi,
Senga mushtoq bo‘lmas men kabi,
senga mushtoq bo‘lmas men kabi.
Sog‘inganda quchoq ochib kel,
Dilga hushbo‘y atring sochib kel.
Yuragimga nurday oqib kel
Mendan yiroq ketmagin gulim
Vaslingga zor etmagin gulim.
Sen yo‘q bir kun qadring bilinar
Sen yo‘q yurak bag‘rim tilinar…
Yo‘qotgim kelmas
Xayolda yuzlaring suratin chizdim,
Ishqning bog‘larini sen bilan kezdim.
O‘shanda muhabbat neligin bildim,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
Ko‘zlaring ko‘zimga tushganda nogox,
Sen meni bir sirdan etarding ogox.
Sensiz yasholmayman so‘zimga ishon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
Seni deb yashayman ikki dunyoda,
Faqat sen yashaysan mitti yurakda.
Baxtimga doimo bo‘lgin sen omon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
Shamshodning bog‘ida gullagan gulsan,
Durlarning ichida durdona sensan.
Bog‘bonu zargarga bermasman ishon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.